Odoblar Xazinasi APK 1.1.8 - Unduhan Gratis

Unduh APK

Terakhir diperbarui: 14 de Okt de 2023

Info Aplikasi

Kutib Oling. yangi dastur

Nama aplikasi: Odoblar Xazinasi

ID Aplikasi: com.sadirboyprogrammer.aladabalmufrad

Peringkat: 4.8 / 16+

Penulis: Kitoblar Olami

Ukuran aplikasi: 13.19 MB

Deskripsi Terperinci

1-bob. Ota-onaga e'tibor haqida

Janobi rabbil olaminning: "Biz Hamma insonni ota-onasiga yaxshilik qilishni
buyurdik" (29:8) degan oyati karimasi haqida.

1. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: “Men Rasululloh (s.a.v.)dan qiladigan
amallarimizdan Alloh taologa eng sevimlisi qaysi, deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Farzi
namozlarni o'z vaqtida o'tish", - dedilar. Pria: "Undan keyin qaysi?" - desam, Rasululloh:
"Undan keyin Alloh taolo yo'lida jihod qilish", dedilar. Abdullah bin Mas'ud:
"Rasulullohdan men shularnigina so'radim. Agar savolimni davom ettiraversam,
Rasululloh (s.a.v.) hammasiga javob beraverardilar".

2. Abdulloh bin Umar (r.a.) dan rivoyat qilindi. U kishi: "Alloh taoloning rozi bo'lishi
otaning rozi bo'lishiga va uning g'azabi ham otaning g'azabiga bog'liqdir", dedilar .

2-bob. Onani rozi qilish haqida

3. Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: “Rasulullohdan:
"Ey, Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo'ladi?" - deb so'radim. "Onang",
dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: "Onanga",
deyaverdilar. To'rtinchi marotaba so'raganimda: "Otangga va yaqin bo'lgan
qarindoshlaringga", dedilar.

4. Ato ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) oldilariga bir kishi kelib: "Pria
bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi. Jaxlim
chiqib, u xotinni o'ldirgan edim. Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" -
deb so'radi. Shunda Abdulloh: "Onang barhayotmi?" - deb so'radilar. U: "Yo'q, vafot
etganlar", degan edi, Abdulloh: "Unday bo'lsa Alloh taologa tavba qil va toqating boricha
toat-ibodat qilib, unga yaqin bo'lishga harakat qil", dedilar". Ato ibn Yasor aytdilar: "Men
Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so'radingiz",
deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini
bilmayman. Shuning uchun onang tirikmi, deb so'ragan edim", dedilar". Ya'ni onasi tirik
bo'lib, bola haqida duo qilgan bo'lsa, odam o'ldirishdek katta gunoh bo'lsa ham, o'z fazlu
karami bilan avf qilishidan umid qilardim, demoqchi bo'lsa kerak.

3-bob ham "Ota-onaga yaxshshik va e'tibor", deb atalib, undagi 5-6-hadislarda aynan 1-
2-hadislardagi mazmun takrorlangan.

4-bob. Ota-ona zulm qilsa ham, ularga yaxshilik qilaverish haqida

7. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob
umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik
ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola
ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi
bo'lmaydi", dedilar.
Unduh APK

Cuplikan Layar Aplikasi

Serupa